Mbappe alkogol mahsulotlari brendini reklama qilishni istamagani uchun FIFA Fransiyani jarimaga tortdi.🫣

Futbol boʻyicha Fransiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe tufayli mamlakat futbol federatsiyasi jarimaga tortildi. Bu haqda “LʻEquipe” nashri xabar bermoqda.

Gap shundaki, fransiyalik hujumchi JCh-2022 doirasidagi Avstraliya (4:1) va Daniyaga (2:1) qarshi oʻyinlarda uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilib sovringa ega chiqqan boʻlsa-da, homiy “Budweiser” kompaniyasi talabiga binoan pivo brendi reklamasi ostida intervyu berishni istamagan.

FIFA Kilianning dastlabki rad javobi uchun Fransiya futbol federatsiyasini ogohlantirgan boʻlsa, Daniya bilan oʻyindan keyin ham alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi brendni reklama qilishni istamay, intervyu bermagani sababli, FIFA homiysi talabi buzilgani uchun federatsiyani 10 200 yevro miqdorida jarimaga tortgan.

Eslatib oʻtamiz, Fransiya JCh-2022 nimchorak finali doirasida bugun, 4-dekabr kuni Polshaga qarshi maydonga tushadi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.

Muhokama (0)
Izohlar topilmadi


Izoh qoldirish