Bugun, 20-noyabr kuni Qatarda so‘nggi 4 yil davomida intizorlik bilan kutilgan “milliardlar o‘yini” hisoblanmish futbol bo‘yicha Jahon chempionati bahslari rasman start oldi. Ochilish uchrashuvida mezbon Qatar Janubiy Amerikaning Ekvador terma jamoasini qabul qildi.
Sig‘imi 60 ming kishiga mo‘ljallangan “Al-Bayt” stadionida anshlag kuzatilgan bahsda mezbonlar kutilmaganda 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Ekvadorliklarning har ikkala goliga “Fenerbahche” klubi hujumchisi Valensiya birinchi taymning o‘zida mualliflik qildi. Shuningdek, uning dastlabki 10 daqiqa ichida urgan tezkor goli VAR tomonidan ofsayd deb topilib, inobatga olinmadi.
Qayd etish joiz, musobaqaning ochilish marosimi o‘ta ajoyib tarzda tashkil etildi. Marosimda janubiy koreyalik qo’shiqchi va BTS a’zosi Jungkook va qatarlik qo’shiqchi Fahadom Al Qubaisi chiqish qilishdi. Ular Dreamers kompozitsiyasini ijro etishdi. E’tiborlisi, ochilish marosimida ilk bor qatarlik qori yigit Gʻanim Mufah Qur’oni Karim oyatlaridan tilovat qildi. U “Hollywood” yulduzi Morgan Friman bilan birgalikda “Xujurot” surasi 13-oyatini o’qidi.
Shu tariqa, milliardlab muxlislar kutgan Mundial start oldi. Ertaga A guruhi doirasida 2-bahs hamda B guruhining 2 ta uchrashuvi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Stavka uchun eng Top 5 bukemeker konotoralari
Boshqa top prognozlar
Bundanda kup va ishonchli stavkalar faqat mani telegramm kanalimda:
https://t.me/+Rg2PQU8RZAu79Rfw