Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola Ispaniya klublarining Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki haqida gapirib oʻtdi.
“Oxirgi 20-25 yil ispan klublari Yevropada dominantlik qilishdi. ”Barselona“, ”Real“, ”Atletiko“, ”Sevilya“, ”Valensiya“ oʻz vaqtida shu yerda boʻlishgan. Bu yil ularning baʼzilari pley-offga chiqa olmadi… Bu futbol. Bu sharmandali natija emas. Ular harakat qilishdi, ammo kurashdan chiqishdi. Ishoning, keyingi yil ular yanada kuchli boʻlib qaytishadi.
Chempionlar Ligasi – oʻta murakkab musobaqa. Biz doim shu haqida gapiramiz. Soʻnggi yillarda biz muntazam ravishda pley-off yoʻllanmasiga ega chiqyapmiz, lekin buni oddiy, oson ishdek qabul qilmang. Klub statusi bu turnirda hech nima qilib bermaydi.
Chempionlar Ligasi qisqa vaqtli muddatda koʻp narsani talab qiladi. Agar bir yoki ikkita xatoga yoʻl qoʻysangiz, barchasi soʻnggi turda hal boʻladi. Bu esa aynan siz musobaqani tark etishingiz ham mumkin degani. Shunday vaziyatda ”Barsa“, ”Yuventus“ yoki ”Atletiko“ni kuchsiz jamoa desa boʻldimi? Aslo yoʻq!”, — deydi Gvardiola.
Izoh qoldirish